09 apr 20:14
Yangiliklar
SHaxmat

Freestyle Chess Grand Slam Paris. Karlsen - Abdusattorov ilk uchrashuvi yakunlandi
Franciya poytaxti Parij shahrida shaxmat bo'yicha nufuzli Freestyle Chess Grand Slam Paris turniri davom etmoqda.
Ikki kunlik rapid bahslaridan so'ng pley-off bosqichiga yo'l olgan shaxmatchilar malum bo'lgandi. Bugun 1/4 final bosqichining ilk uchrashuvlari o'tkazildi. SHuningdek, 9-12 o'rinlar uchun ilk o'yinlar bo'lib o'tdi.
Afsuski, Nodirbek Abdusattorov (O'zbekiston, 2773) chorak finalning ilk partiyasida qora donalarda o'ynab, Magnus Karlsen (Norvegiya, 2819)ga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Ertaga shaxmatchilar o'rtasidagi ikkinchi partiya o'ynaladi va unda Nodirbek oq donalarda harakat qiladi. Faqat g'alaba 1/2 finalga chiqish uchun imkoniyatni saqlab qoladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar