10 apr 19:57
Yangiliklar

Freestyle Chess Grand Slam Paris. Karlsen - Abdusattorov partiyasida 1/2 finalchi aniqlandi
Bugun musobaqaning to'rtinchi kuni pley-off bosqichining ikkinchi partiya, yani javob uchrashuvlari o'tkazilmoqda. Hozirgina 1/4 finaldan o'rin olgan Nodirbek Abdusattorov (O'zbekiston, 2773) - Magnus Karlsen (Norvegiya, 2819) uchrashuvi yakuniga etdi. Oq donalarda o'ynagan Nodirbek ustunligini g'alabaga aylantira olmadi va durangga rozi bo'ldi. Kecha ilk uchrashuvda Karlsen oq donalarda g'alabaga erishgandi.
Ikki o'yin natijasiga ko'ra 1,5:0,5 hisobida zafar quchgan tajribali Magnus 1/2 finalga yo'l oldi. Magnus bejizga Abdusattorovni o'ziga raqib sifatida tanlamagan ekan. Hamyurtimiz so'nggi paytlarda Karlsen uchun qulay raqibga aylanib boryapti. Endi grossmeysterimiz 5-o'rin uchun kurash olib boradi. Raqib - franciyalik Maksim Vashe-Lagrav bo'ladi.
Fikrlar