So’nggi yangiliklar

09:50Ҳиндистон Осиё чемпионатида яна Ўзбекистон ва Қозоғистонни ортда қолдирди 0 09:29Англия кубоги 1/2 финалига қуръа ташланди 0 09:08Хабиб ёки Ислам? Арман Царукян энг яхшисини айтди 0 08:47Деонтей Уайлдернинг иштаҳаси очилди 0 08:26Ўзбекистон ёки Қозоғистон? Қайси давлатдан 1/2 финалга кўпроқ боксчи етиб келди? 0 08:05Остон Ўруновнинг янги жамоаси маълум 0 07:44Бугун 4 нафар боксчимиз Осиё чемпионати финал чиптаси учун рингга кўтарилади 0 07:23UFC ростеридаги энг ёш аёл жангчи промоушендаги илк ғалабасини қўлга киритди 0 07:02Upper Austria Ladies Linz. Иккинчи ракеткамиз муваффақиятли старт олди 0 23:59"Номзодлар турнири". Жавоҳир Синдаров муваффақиятли серияни давом эттирмоқда 0 18:44"Барселона" ярим ҳимоячисини йўқотди 0 18:23Допинг туфайли ғалабасидан айрилган ва камига четлатилган қозоғистонлик UFC жангчиси баёнот билан чиқди 0 18:02Шоҳасан Мирзаматов мухлисларга мурожаат билан чиқди (ВИДЕО) 0 17:41Отабек Умаров: "Марафонда қатнашган ва уни юқори савияда ташкил этганларга раҳмат" 0 17:20Роналдиньо: "Ямал ақл бовар қилмайдиган ишларни бажаряпти” 0

10 apr 09:16
Yangiliklar

SHaxmat

Freestyle Chess Grand Slam Paris. Karlsen - Abdusattorov va qolgan pley-off natijalari

Franciya poytaxti Parij shahrida shaxmat bo'yicha nufuzli Freestyle Chess Grand Slam Paris turniri davom etmoqda.

Ikki kunlik rapid bahslaridan so'ng pley-off bosqichiga yo'l olgan shaxmatchilar malum bo'lgandi. Kecha 1/4 final bosqichining ilk uchrashuvlari o'tkazildi. SHuningdek, 9-12 o'rinlar uchun ilk o'yinlar bo'lib o'tdi. 

Afsuski, Nodirbek Abdusattorov (O'zbekiston, 2773) chorak finalning ilk partiyasida qora donalarda o'ynab, Magnus Karlsen (Norvegiya, 2819)ga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Magnus bejizga o'ziga raqib sifatida tanlamagan ekan. Abdusattorov so'nggi paytlarda Karlsen uchun qulay raqibga aylanib boryapti. Bugun shaxmatchilar o'rtasidagi ikkinchi partiya o'ynaladi va unda Nodirbek oq donalarda harakat qiladi. Faqat g'alaba 1/2 finalga chiqish uchun imkoniyatni saqlab qoladi. Hamyurtimiz g'alaba qozongan taqdirda hal qiluvchi tay-brek o'ynaladi.   

CHorak finalning qolgan barcha juftliklarida durang natija qayd etildi. 

Freestyle Chess Grand Slam Paris. 1/4 final natijalari

Yan Nepomnyashiy - Vinsent Keymer - 0,5:0,5

Magnus Karlsen - Nodirbek Abdusattorov - 1:0

Maksim Vashe-Lagrav - Fabiano Karuana - 0,5:0,5

Arjun Ergaisi - Hikaru Nakamura - 0,5:0,5


Amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaradju yana mag'lubiyatga uchradi. Saralash bahslarini muvaffaqiyatsiz o'tkazib, kuchli sakkiztalikka kira olmagan hindistonlik grossmeyster 9-12 o'rinlar uchun kechayotgan pley-offning ilk uchrashuvida ruminiyalik Rixard Rapportga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Hind derbisini tashkil etgan ikkinchi juftlikda esa Rameshbabu Pragnanandxa vatandoshi Vidit Gujrathidan ustun keldi. 

9-12 o'rinlar uchun 

Rameshbabu Pragnanandxa - Vidit Gujrathi - 1:0

Rixard Rapport - Gukesh Dommaradju - 1:0

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing