So’nggi yangiliklar

13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0

08 apr 08:36
Yangiliklar

SHaxmat

Freestyle Chess Grand Slam Paris. Nodirbek Abdusattorovdan muvaffaqiyatli start

Franciya poytaxti Parij shahrida shaxmat bo'yicha nufuzli Freestyle Chess Grand Slam Paris turniri start oldi.

Yodingizda bo'lsa, Freestyle Chess Grand Slam musobaqasining dastlabkisi fevral oyida Germaniyada o'tkazilgan va unda Javohir Sindarov 4, Nodirbek Abdusattorov 6-o'rinni egallagandi. Ushbu turnirning navbatdagisiga Parij shahri mezbonlik qila boshladi. 

Musobaqa boshlanishiga bir necha kun qolganda amerikalik Hans Niemann bahlarda qatnasha olmasligini malum qildi. Tashkilotchilar uning o'rniga Nodirbek Abdusattorovga wild card, yani imtiyozli yo'llanma berishdi. Hamyurtimiz esa bu ishonchni birinchi kunning o'zida oqlay boshladi.

Ilk kun 6 ta tur uchrashuvlari o'tkazildi. Nodirbek 1-turdayoq Germaniya turniri chempioni, germaniyalik Vinsent Keymarni mag'lubiyatga uchratdi. Keyin o'sha musobaqa vice-chempioni, reyting etakchilaridan biri Fabiano Karuana (AQSH) ham mag'lub etildi. Uchinchi turda vengriyalik grossmeyster Richard Rapport ham taslim bo'ldi. 

Maksim Vashe-Lagrev (Franciya) va Yan Nepomnyashiy (Rossiya) bilan durang o'ynagan Abdusattorov 6-turda hindistonlik Vidit Gujratini chiroyli usulda mag'lubiyatga uchratdi. Birinchi kungi bahslardan so'ng norvegiyalik afsona Magnus Karlsen hamda Nodirbek Abdusattorov 6 imkoniyatdan 5 ochkodan jamg'arib, turnir jadvalida qo'shhokimlik qilishyapti. Magnus 5 uchrashuvda g'alaba qozonib, bitta partiyada yutqazib qo'ydi. 

Bugun ikkinchi kungi bahslarda Nodirbek Magnus Karlsen (Norvegiya), Gukesh Dommaraju (Hindiston), Xikaru Nakamura (AQSH), Arjun Erigaisi (Hindiston), Rameshbabu Praggnanandha (Hindiston)ga qarshi dona suradi. 

Parij musobaqasining umumiy mukofot jamg'armasi 680 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. CHempion 200 000 AQSH dollariga ega bo'ladi. So'nggi 12-o'rinni egallagan shaxmatchi 7 500 dollarni qo'lga kiritadi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing