11 apr 10:09
Yangiliklar

Freestyle Chess Grand Slam Paris turnirida 1/2 final juftliklari malum
Musobaqaning to'rtinchi kuni pley-off bosqichining ikkinchi partiya, yani javob uchrashuvlari o'tkazildi. 1/4 finaldan o'rin olgan Nodirbek Abdusattorov (O'zbekiston, 2773) - Magnus Karlsen (Norvegiya, 2819) uchrashuvida tajriba o'z so'zini aytdi.
Javob bahsida oq donalarda o'ynagan Nodirbek ustunligini g'alabaga aylantira olmadi va durangga rozi bo'ldi. Ilk uchrashuvdagi g'alaba Karlsenni 1/2 finalga olib chiqdi. Hamyurtimiz 5-o'rin uchun franciyalik Maksim Vashe-Lagravga qarshi dona suradi.
Freestyle Chess Grand Slam Paris. 1/4 final natijalari
Yan Nepomnyashiy - Vinsent Keymer - 1:1 (tay-brekda 1,5:0,5)
Magnus Karlsen - Nodirbek Abdusattorov - 1,5:0,5
Maksim Vashe-Lagrav - Fabiano Karuana - 0,5:1,5
Arjun Ergaisi - Hikaru Nakamura - 0,5:1,5
9-12 o'rinlar uchun uchrashuv natijalari
Rameshbabu Pragnanandxa - Vidit Gujrathi - 1,5:0,5
Rixard Rapport - Gukesh Dommaradju - 1,5:0,5
1/2 final juftliklari
Magnus Karlsen - Fabiano Karuana
Vinsent Keymer - Hikaru Nakamura
5-o'rin uchun bahs
Nodirbek Abdusattorov - Maksim Vashe-Lagrav
Arjun Ergaisi - Yan Nepomnyashiy
9-o'rin uchun bahs
Rameshbabu Pragnanandxa - Rixard Rapport
Fikrlar