12 fev 22:00
Yangiliklar
SHaxmat
Freestyle Chess Grand Slam. Sindarov Karuanaga qarshi tay-brekning ilk partiyasini yakunladi
Vayssenxaus shahrida o'tkazilayotgan shaxmat bo'yicha nufuzli turnirda tay-brek bahslari o'tkazilyapti.
Javohir Sindarov va dunyo reytingida ikkinchi o'rinni egallab turgan amerikalik grossmeyster Fabiano Karuana o'rtasidagi har ikkala partiyada durang natija qayd etilgandi.
Hozirgina yakuniga etgan ilk tay-brek uchrashuvida 19 yoshli grossmeysterimiz nomdor raqibini oq donalarda mag'lub etish uchun yaxshigina vaziyatga chiqqandi. Ammo, tajribali Karuana durangga qochib ketdi. Birozdan keyin tay-brekning ikkinchi uchrashuvi o'tkaziladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar