09 fev 21:00
Yangiliklar
SHaxmat

Freestyle Chess Grand Slam. Sindarov Nakamuraga qarshi bahsda o'ta mushkul vaziyatdan chiqib ketdi
Germaniyaning Vayssenxaus shahrida o'tkazilayotgan shaxmat bo'yicha nufuzli turnirning 1/4 final ilk uchrashuvlari o'z yakuni sari yaqinlashmoqda.
Saralash bahslarini yuqori notada o'tkazgan Sindarov bu bosqichda o'zi tanlagan raqib - amerikalik Hikaru Nakamuraga qarshi oq donalarda o'ynadi. Javohir kuchli raqibiga qarshi bahsda muqarrar mag'lubiyatni durangga aylantirdi. Bu g'alabaga teng durang bo'ldi. SHaxmatchilarning saralash bosqichidagi o'zaro uchrashuvida ham durang natija qayd etilgandi.
Ertaga grossmeysterlar 1/4 finalning ikkinchi partiyasini o'tkazishadi. Bugun Magnus Karlsenga yutqazgan Nodirbek Abdusattorov ertaga qora donalarda o'ynaydi. Sindarov ham qora donalarda Nakamura bilan hisob-kitob qiladi. Abdusattorovni faqat g'alaba, Sindarovni esa kamida durang tay-brekka o'tkazishi mumkin.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar