12 fev 23:49
Yangiliklar
SHaxmat
![](/upload/storage/322589_220.jpg)
Freestyle Chess Grand Slam. Sindarov tay-brek blic bahsining ilk partiyasida Karuanani mag'lub etdi
Germaniyaning Vayssenxaus shahrida o'tkazilayotgan shaxmat bo'yicha nufuzli turnirda tay-brek bahslari o'tkazilyapti.
Javohir Sindarov va dunyo reytingida ikkinchi o'rinni egallab turgan amerikalik grossmeyster Fabiano Karuana o'rtasida kechayotgan tay-brekning blic bahsi ilk uchrashuvi yakuniga etdi.
Quvonarlisi, unda Javohir kuchli raqibini chiroyli tarzda mag'lubiyatga uchratdi. Birozdan so'ng blicning ikkinchi partiyasi o'tkaziladi. Unda kamida durang natija Sindarovni finalga olib chiqadi. Ikkinchi blic partiyasida hamyurtimiz oq donalarda o'ynaydi va bu biroz unga ustunlik beradi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar