So’nggi yangiliklar

17:43Осиё ўйинларининг ўн тўртинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:15Энтони Жошуа Фьюридан кейин ким билан жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 16:55Осиё ўйинларининг 14-кунини бешта медаль билан якунладик 0 16:24Ўзбекистондаги футбол мавсумини "куз-баҳор" форматига ўтказиш имкониятлари кўриб чиқилмоқда 0 14:39ESPN талқинига кўра 30 ёшгача бўлган энг яхши ММА жангчилари рейтинги эълон қилинди 0 11:28Самбо. Жаҳон чемпионатини иккита олтин медаль билан бошладик 0 20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0

18 jan 16:16
Yangiliklar

Futbol

Futbol. PFL xodimi pora olayotganida qo'lga olindi

Teglar :  Futbol
O'zbekiston futbol associaciyasi va Professional futbol ligasi o'zbek futbolida korrupciya, poraxo'rlik va tamagirlik kabi illatlarni yo'qotish va ularga qarshi kurashish yo'lida bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.

Mana shunday noqonuniy harakatlar bilan shug'ullanayotgan shaxslarni aniqlash va tegishli huquq-tartibot organlariga topshirish maqsadida muntazam ravishda tekshiruv ishlari amalga oshirilmoqda. Ana shunday tekshiruv ishlari natijasida PFL Sport bo'limi mutaxassisi Rodion Kondratev tamagirlik bilan shug'ullanayotgani malum bo'ldi.

U Buxoro viloyati G'ijduvon tumani "Yoshlar Ittifoqi"ning "Ittifoq" jamoasini Pro-liganing "V" ligasida ishtirok etishi uchun licenziyalashdan o'tkazib berish evaziga 2 500 AQSH dollari miqdorida pora so'ragan. Bu haqida xabar topgan O'FA Futbol faoliyatini nazorat qilish boshqarmasi Toshkent shahar prokuraturasining Iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurash departamenti bilan hamkorlikda maxsus tadbir o'tkazdi. Ana shu tadbir natijasida bugun Rodion Kondratev O'zbekiston Davlat Konservatoriyasining yonida 1 500 AQSH dollari miqdorida pora olayotgan paytda qo'lga olindi. Mazkur holat yuzasida jinoyat ishi qo'zg'atish masalasi hal qilinmoqda.

Endilikda Rodion Kondratev o'z qilmishi uchun qonunda belgilangan tartibda javogarlikka tortiladi. SHuningdek, Rodion Kondratev bilan birgalikda mana shunday tamagarlikka qo'l urgan jinoiy sheriklari ham qonun oldida javob beradi.

O'zbekiston futbol associaciyasi ushbu holat mana shunday nopok maqsadlarni ko'zlab yurgan boshqa shaxslarga ham ibrat bo'lishiga umid bildirib, kimki poraxo'rlik, tamagirlik kabi illatlar orqali o'zbek futboli rivojiga to'sqinlik qilishga urinadigan bo'lsa, qonunda belgilangan qatiy jazoga tortilishi bo'yicha ogohlantiradi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing