12 mar 13:49
Yangiliklar
Futbol
Futbolchi muxlislari bilan urishib ketdi
"Lacio" yarim himoyachisi Luish nani samolyot bortida Rim jamoasi muxlislari bilan mushtlashib ketdi.
31 yoshli portugaliyalik "Kalyari"ga qarshi A Seriyaning 28-tur uchrashuvidan (2:2) so'ng jamoadoshlari bilan Rimga qaytayotgan edi.
Nani ular bilan birga uchayotgan "Lacio" muxlislari bilan janjallashib qoldi va shu sababli reys 20 daqiqaga ushlanib qoldi. Muxlislar Nanini uning o'yini uchun tanqid qilishdi. Portugaliyalik o'zini tutib tura olmadi va ularning biriga tashlanib qoldi.
Futbolchi va ishqibozlarni ajratish uchun 7 kishi kerak bo'ldi, ularning orasida ekipaj vakillari bor edi. Nani bilan mushtlashgan muxlis samolyotning eng oxirgi o'rindig'iga o'tkazildi. Rim klubi futbolchilari terminalga etib olmaguncha, ishqibozni samolyotdan chiqarishmadi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar