So’nggi yangiliklar

19:01WBA рейтинги ҳам янгиланди: икки боксчимиз ўз вазнида етакчи 0 18:30Расман. Санжар Зокировнинг кейинги рақиби чеченистонлик жангчи бўлади 0 17:43WBO рейтинги янгиланди: 5 нафар боксчимиз ТОП-15'да қайд этилди 0 17:22Блаттер Балогун ҳақида: "ФИФА, қаёққа қараб кетяпсан?" 0 16:49Забит Магомедшарипов укасининг мағлубияти учун Росасдан қасос олмоқчи 0 16:1711 нафар ўзбек боксчиси WBC'нинг янгиланган рейтингидан жой олди 0 15:45Дзюдочи қизларимиз Японияда машғулотларни бошлади 0 15:18"Бу 100 фоизлик коррупция". Бельгия матбуоти — Балогуннинг ЖЧдаги кечиктирилган дисквалификацияси ҳақида 0 14:43UFC чемпиони Том Аспиналл Рожер Федерер билан учрашди + ФОТО 0 14:03Боксчиларимизнинг Осиё чемпионатидаги юриши бошланди 0 13:38Деонтей Уайлдер жамоаси Усик билан жангни инкор қилмади 0 13:10Яна бир мураббий ЖЧдан сўнг истеъфога чиқди 0 12:38Нодиржон Мирзаҳмедов ва бошқалар. Тошкентдаги "AAA Promouter" турниридан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 11:56Макгрегор - Холлоуэй жангини суғурталайдиган спортчи айтилди 0 11:32Мейвезер амалдаги энг яхши беш боксчини санаб берди 0

05 sen 15:02
Yangiliklar

Futbol

Futbolchilarimiz Falastinning suniy maydoni haqida qanday fikrda?

Teglar :  FalastinFutbol
Bugun O'zbekiston terma jamoasi Falastinga qarshi safarda o'yin o'tkazadi.

Kecha kechki ovqatdan so'ng terma jamoamiz etakchilari Odil Ahmedov va Eldor SHomurodovlarning suniy qoplamali maydon borasida fikrlari bilan qiziqdik.

Odil Ahmedov: "Suniy maydonda mashq qilganda xohlaysizmi yo'qmi oyoqlar og'riydi. Sirpanish darajasi deyarli yo'qoladi. Bunday maydonlarning eng yomon tarafi - eski jarohatlarni qayta qo'zg'atib qo'yishi. Lekin, bu maydon SHimoliy Koreyadagidan yaxshiroq. Unda umuman o'ynab bo'lmasdi".

Malumot uchun: O'zbekiston terma jamoasi JCH-2018 saralashi doirasida KXDRga qarshi 2015 yilning 16 iyun sanasida safarda o'yin o'tkazgandi. Afsuski, o'shanda vakillarimiz raqibga 2:4 hisobida imkoniyatni boy berishgan. Aynan o'sha mag'lubiyatdan so'ng Mirjalol Qosimov terma jamoa rulida istefo bergan edi.


Eldor SHomurodov:
- Suniy maydon siz kabi tezkor futbolchilarning yugurishiga qanchalik halal beradi?
- Biz yosh bo'lganimiz uchun ham katta farq bilinadi deya olmayman. O'ynasa bo'ladi.
- Lekin, yaqindagina Rossiya chempionati doirasida "Rostov" bilan "Ufa" mehmoni bo'lib mag'lubiyatga uchragandinglar. Ufaliklarning maydoni ham suniy qoplamali.
- "Ufa"ning maydoni Falastindagidan yaxshiroq edi. Nisbatan yumshoqroq. Doimiy suv sepib turilishi bunga sabab bo'lsa kerak. O'shanda ko'nikmagan maydonda shunchaki butun jamoaning o'yini qovushmagandi. Nasib qilsa, ertaga albatta g'alaba qozonish uchun maydonda borimizni beramiz.

Malumot uchun: Terma jamoamizning kechagi mashg'uloti paytida delegaciya rahbarlari uchrashuv nazoratchisidan bugun maydonga suv sepishni so'rashdi. Hindistonlik nazoratchi albatta suv sepilishini aytib o'tdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing