01 fev 17:31
Yangiliklar
Futbol

Futbolchining transfer pulini bitkoinda to'lashdi
Turkiyaning havaskor klubi "Xarunustaspor" Umar Farruh Kirogluni bitkoin evaziga sotib oldi.
"Xarunustaspor" Kiroglu uchun 0,0524 bitkoin (547 dollar) va naqd pulda 540 dollar to'ladi. Klub boshqaruv qo'mitasi azosi Xaldun Sexitning so'zlariga ko'ra, bu transfer futbol tarixida ilk marta kriptovalyuta evaziga amalga oshdi.
Sexit ushbu kelishuvdan mamnun. "Yaratgan istasa, bitkoin bizga chempionlikni olib keladi" - deydi u.
"Xarunustaspor" Sakari havaskorlar ligasining birinchi divizionida ishtirok etadi.
Ayni damda bir bitkoin narxi 9617,4 dollar.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar