09 iyu 08:00
Yangiliklar
Futbol

Futzal. 19 yoshgacha bo'lgan jamoalar bahs davom etmoqda
Poytaxtimizdagi “O'zbekiston” sport majmuasida futzal bo'yicha 19 yoshgacha bo'lgan jamoalar o'rtasidagi O'zbekiston birinchiligi davom etmoqda.
Bu yosh toifasidagi musobaqa ilk marotaba tashkil etilayotgan bo'lib, bundan ko'zlangan asosiy maqsad milliy terma jamoaga munosib nomzodlarni etkazib berishdan iborat.
Musobaqada 7ta jamoa ikki guruhga bo'lingan holda bahslarni davom ettirishyapti. “A” guruhidan Buxoro, Toshkent shahri va viloyati hamda Sirdaryo viloyati jamoalari joy olgan. “B” guruhida esa Samarqand, Jizzax va Qashqadaryo viloyati jamoalari maydonga tushishyapti.
Bugun 3-tur uchrashuvlari o'tkaziladi. Unda Qashqadaryo – Samarqand, Toshkent viloyati – Buxoro, Toshkent – Sirdaryo juftliklari o'zaro bir-birlariga qarshi maydonda saf tortishadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar