So’nggi yangiliklar

10:31Тўлқин Қиличев боксчиларимизнинг Қозоғистондаги йиғини ҳақида гапирди 0 10:10"Ярим енгил вазнни қутқариш вақти келмадими?" - Арман Царукян 0 09:49Муҳаммад Мокаев ММА бўйича жанг ўтказади, рақиб маълум (ПОСТЕР) 0 09:28Салоҳ "Ливерпуль"ни текинга тарк этадиган бўлди 0 09:07Ҳасанбой Дўсматов Бишкекда жанг қилмайди 0 08:46Ниҳоят! Ўзбекистонлик жангчи Эркебулан Токтар билан тўқнаш келади (ПОСТЕР+ВИДЕО) 0 08:25Абдумалик Халоков ўзбек ва қозоқ боксчиларининг базаларини солиштирди 0 08:04Муҳаммад Салоҳ "Ливерпуль"дан кетишини эълон қилди! 0 07:43Конор Макгрегорнинг UFC`га қайтиш муддати айтилди 0 07:22Эдди Хирн: "Икки баравар кўп тўлаган бўлардим" 0 07:01Тарихий натижа: ўзбек гроссмейстерлари яна биттага кўпайди 0 19:23Арбелоанинг муваффақият сири: Гвардиола, Моуриньо ва Симеоне устидан ғалабалар ҳақида 0 19:02Дана Уайт: "Бу ахлат билан шуғулланадиган бошқа одамлар бор, мен эмас!" 0 18:41"Абсурд" — Ренато Мойкано Евлоев - Мёрфи жанги натижасини танқид қилди 0 18:20"Қайтиш истагим йўқ эди". Фьюри Маҳмудов билан бўлажак жанг ҳақида гапирди 0

16 jan 09:50
Yangiliklar

Boshqalar, Futbol

Futzal. Bugun 1-bosqichning 3-tur o'yinlari start oladi

Teglar :  FutzalArdusOlmaliq
Bugun futzal bo'yicha O'zbekiston 21-milliy chempionatining birinchi bosqich 3-tur o'yinlari boshlanadi.

16-22 yanvar kunlar o'tkazilishi belgilangan tur o'yinlariga poytaxtimizdagi “O'zbekiston”sport majmuasi mezbonlik qiladi. Bugun amaldagi mamlakat chempioni Toshkent viloyatining “Olmaliq” jamoasi poytaxtning “Lokomotiv” klubiga qarshi maydonga tushadi.

“Ardus” esa Andijonning “Turon-Soliqchi” jamoasi bilan uchrashadi. Kunning ikkinchi yarmida “Metallurg”–“Maksam-CHirchiq”, “Kogon”–“Nafis”, “Do'stlik-AIN”–“Bunyodkor” juftliklari o'zaro o'yinda munosabatlariga oydinlik kiritib olishadi.

Bugun “Paxtakor”jamoasi uchun dam olish kuni sifatida elon qilingan. Birinchi bosqichning dastlabki ikki turi yakunlariga ko'ra Qarshining “Do'stlik-AIN” klubi 28 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilyapti.


Aynan qarshilik futzalchilar oliy ligada mag'lubiyatga uchramagan yagona jamoa bo'lib turishibdi. Ikkinchi o'rindan joy olgan “Olmaliq” jamoasi hisobida 25 ochko bor. “Kogon” va “Ardus” klublari 22tadan ochko jamg'arib, keyingi o'rinlarni band etishgan.

To'purarlar ro'yxatida 12tadan golga ega “Kogon” futzalchisi Ulug'bek Ramazonov va “Ardus” etakchisi Davron CHoriev karvonboshilik qilishyapti. 


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing