27 iyu 11:45
Yangiliklar
Boshqalar
Futzal. Bugun terma jamoamizning yig'ini boshlanadi
Bugun futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda o'quv-mashg'ulot yig'inini boshlaydi.
Terma jamoa bosh murabbiyi Xose Mariya Mendez yig'inga 20 nafar futzalchini taklif qilgan. Mamlakatimiz chempioni hisoblangan “Olmaliq” klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgani bois, ushbu jamoa tarkibida to'p tepayotgan terma jamoaga nomzod futzalchilar bezovta qilinmagan.
Bugungi
ilk mashg'ulot soat 17:00da “O'zbekiston” sport majmuasida boshlanadi. Ertadan esa mashg'ulotlar
kuniga ikki mahaldan olib boriladi. Jamoamiz yig'in yakunida 12, 13 va 14 iyul
kunlari Tojikiston terma jamoasi bilan o'rtoqlik o'yinlari o'tkazadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar