15 sen 08:50
Yangiliklar
Futbol

Futzal. JCH-2016. “D” guruhi. Braziliya Avstraliyaga 11ta gol urdi
Xabar berganimizdek, Kolumbiya mezbonlik qilayotgan futzal bo'yicha Jahon chempionatining 2-turidan o'rin olgan o'yinlar bo'lib o'tdi.
“D” kvartetidan o'rin olgan Avstraliya - Braziliya uchrashuvi amaldagi Jahon chempionlarining yirik g'alabasi bilan yakunlandi - 11:1. Ukraina esa qiyin kechgan bahsda Mozambikni 4:2 hisobida mag'lub etdi.
Braziliya muddatdan oldin keyingi bosqchiga yo'llanma oldi. So'nggi turda Ukraina Avstraliya bilan, Braziliya Mozambik bilan o'ynaydi.
UKRAINA – MOZAMBIK 4:2
Gollar: Sorokin 1, Gricina 7, Ovsyannikov 24, Koval 36 - Dino 18, Kalo 18.
AVSTRALIYA – BRAZILIYA 1:11
Gollar: Jiovenali 3 - Rodrigo 1, Fernandino 7, 25, Falkaro 11, 22, 38, Bateriya 18, Diegino 24, 39, Je 27, Lokxart 38 avtogol
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar