21 sen 09:55
Yangiliklar

Futzal. JCH-2016. Musobaqa mezbonlari safdan chiqishdi
Musobaqa mezboni hisoblangan Kolumbiya terma jamoasi Paragvay bilan uchrashuvda mag'lubiyatga uchrab, jahon chempionatining qolgan qismini muxlis sifatida tomosha qiladigan bo'ldi.
O'yinning asosiy va qo'shimcha bo'limlari 0:0 hisobi bilan yakuniga etdi. Penaltilar seriyasida esa Paragvayning qo'li baland keldi - 3:2.
JCH-2016. Nimchorak final.
21.09.2016, 06:00
Kali, “Kolizeo el Pueblo”
KOLUMBIYA – PARAGVAY 0:0 (pen. bo'yicha 2:3)
Kolumbiya (birinchi beshlik): Nanez, Sierra, Ortiz, Jonatan, S.Reyes.
Zaxira: Mexia, Suniga, Yeisson, Yefri, Yulian, Bolivar, Otero.
Paragvay (birinchi beshlik): Ximenez, G.Ayala, E.Ayala, Salas, F.Martinez.
Zaxira: Espinola, Reyala, Pedrozo, Santander, Morel, X.Martinez, G.Salas, Villalba, Franko.
Ogohlantirishlar: Santander 41, G.Ayala 50, Salas 50
Fikrlar