08 mar 18:30
Yangiliklar
Futzal. Oliy liga. Yarim final juftliklari
Unga ko'ra, amaldagi chempion "Olmaliq" (Olmaliq), "Do'stlik-AIN" (Qarshi), "Ardus" (Toshkent) va "Bunyodkor" (Toshkent) jamoalari 1/4 finaldagi raqiblarini dastlabki ikki o'yindayoq mag'lub etgan holda yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritishdi.
Reglamentga ko'ra, 1/2 finalda guruh bosqichini birinchi o'rinda tugatgan jamoa juftligi g'olibi ("Olmaliq") to'rtinchi o'rin juftligi g'olibi ("Bunyodkor")ga qarshi, guruhni ikkinchi o'rinda yakunlagan jamoa juftligida ustun kelgan klub ("Do'stlik-AIN") esa uchinchi pog'onani band etgan jamoa juftligi g'olibi ("Ardus")ga qarshi to'p tepadi.
Oliy liga. Yarim final
"Olmaliq" - "Bunyodkor"
"Do'stlik-AIN" - "Ardus"
Yarim final uchrashuvlari ham tomonlardan birining ikkita g'alabasiga qadar davom etadi. O'yinlarning o'tkazilish sanasi keyinroq elon qilinadi.
Fikrlar