14 iyu 15:40
Yangiliklar
Futbol
Futzal. "Olmaliq" Xitoyda o'ynayotgan ijaraga oldi
SHu yilning 20-30 iyul kunlari Vetnamning Xoshimin shahrida futzal bo'yicha klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati bo'lib o'tadi.
Unda mamlakatimizning amaldagi chempioni "Olmaliq" ham ishtirok etadi.
Aleksandr Petrov boshchiligidagi "Olmaliq" turnirda munosib ishtirok etish
maqsadida tarkibga Xitoy chempionatida to'p tepib kelayotgan tajribali
futzalchimiz SHuhrat Tojiboevni qo'shib oldi. Tojiboev Xitoyning "Gansu"
klubi azosi hisoblanadi. SHu sabab, olmaliqliklar SHuhratni 2 oyga
ijaraga olishdi.
Bundan tashqari, o'tgan mavsumni "Metallurg"da ijarada o'tkazgan Sunnat Kuralov ham olmaliqliklar safiga qaytdi.
Eslatib
o'tamiz, "Olmaliq" musobaqaning "D" guruhida "CHonburi Blyuveyv" (Tailand)
va "Bank Beyrut" (Livan) jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar