So’nggi yangiliklar

10:23Осиё ўйинлари-2026. Якуний медаллар рейтинги маълум бўлди (ТОП-20) 0 09:58Самбо. Жаҳон чемпионатининг иккинчи кунида 5 та медаль! 0 09:05Ўзбекистон миллий терма жамоаси Жанубий Кореяга етиб борди 0 17:43Осиё ўйинларининг ўн тўртинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:15Энтони Жошуа Фьюридан кейин ким билан жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 16:55Осиё ўйинларининг 14-кунини бешта медаль билан якунладик 0 16:24Ўзбекистондаги футбол мавсумини "куз-баҳор" форматига ўтказиш имкониятлари кўриб чиқилмоқда 0 14:39ESPN талқинига кўра 30 ёшгача бўлган энг яхши ММА жангчилари рейтинги эълон қилинди 0 11:28Самбо. Жаҳон чемпионатини иккита олтин медаль билан бошладик 0 20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0

01 fev 10:52
Yangiliklar

Futbol

Futzal. O'zbekiston terma jamoasi bugun Osiyo chempionatidagi ishtirokini boshlaydi

Teglar :  Futzal
Futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi bugun, 1 fevral kuni Osiyo chempionatidagi ishtirokini boshlaydi.

“B” guruhidan joy olgan O'zbekiston dastlab Janubiy Koreya bilan kuch sinashadi.

O'yin oldidan o'tkazilgan rasmiy tadbirda tomonlar qanday liboslarda o'ynashini kelishib olishdi. Bahodir Ahmedov shogirdlari ko'k rangli liboslarda, koreyaliklar esa oq rangli formalarda o'ynashadi.

Ushbu guruhdan o'rin olgan yana bir o'yinda Yaponiya va Tojikiston termalari o'zaro bahs olib boradi. Har ikki o'yin University of Taipei Gymnasium sport majmuasida o'tkaziladi.

Futzal. Osiyo chempionati

“B”guruhi, 1-tur

1 fevral, payshanba

13:30     O'zbekiston – Janubiy Koreya 

16:00     Yaponiya – Tojikiston

Uchrashuv soatlari Toshkent vaqti bilan ko'rsatilgan.


Musobaqadagi ilk o'yin oldidan terma jamoamiz ustozi Bahodir Ahmedov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Aslida qita chempionatiga 2016 yili Kolumbiyada o'tgan Jahon chempionati ishtirokchilarini, tajribali professional futzalchilarni olib ketsak ham bo'lardi. Ammo biz kelajakni ko'zladik. 2020 yili bo'lib o'tadigan Jahon chempionatiga yo'llanma olishni maqsad qildik. Buning uchun tarkibni bugundan tayyorlashimiz, shakllantirishimiz lozim. Yana ikki yildan keyin 2016 yilda to'p surgan futzalchilarimizning aksariyatining yoshlari ulg'ayadi, jismoniy holati chegaralanadi.

Bugundan tajriba orttirib borgan yoshlarimiz esa ikki yildan keyin ayni kuchga to'lgan, futzalimiz ananalarini  davom ettirishga qodir  holga kelishadi. Qolaversa, bugungi yoshlarimizni ham tajribasiz deya olmayman, o'tgan yili Turkmaniston poytaxti Ashxobodda yopiq sport inshootlarida o'tadigan Osiyo o'yinlarida erishgan muvaffaqiyatlari ularning imkoniyatlari qanday ekanligini ko'rsatdi. SHogirdlarimning yosh bo'lishlariga qaramay, dadil harakatlaridan, shijoatlaridan, g'alabaga bo'lgan ishtiyoqlaridan xursand bo'ldim. To'g'ri, o'shanda ham ancha-muncha kamchiliklar bor edi, ammo buni xalqaro o'yinlar tajribasi kamligi bilan izohlab, shular ustida ishladik.

Aslida futzal bo'yicha terma jamoamizning qitada o'z obro'si, o'z o'rni bor. Kuchli to'rtlik qatorida tilga olinadigan termamiz faqatgina 2012 yilgi qita chempionatida ko'ngildagidek ishtirok eta olmagandi. O'shandan keyin qita miqyosidagi reytingimizni yuqori o'rinlarda saqlay oldik. Bu gal ham aynan shu reytingimizni saqlashni niyat qilganmiz. SHu maqsadda uzoq muddatli tayyorgarlik jarayonlarini o'tkazdik. Asosiy etiborni o'quv-mashg'ulot yig'inlariga qaratdik, yig'inlarni xorijlarda ham tashkil etdik.

Eng muhimi, yigitlarning o'zida chempionlik kayfiyati bor. Ayniqsa, kuni kecha Olimpiya termamizning Xitoyda o'tgan Osiyo chempionatida g'olib chiqib, katta voqelikka sabab bo'lganliklari, yurtda yuqori saviyada kutib olinganligi, Prezidentimiz tomonidan munosib taqdirlanganligi, hammadan ham xalqimizning olqishiga sazovor bo'lganliklari futzalchilarimiz ruhiyatini yanada ko'tarib yubordi. Ular ham shu kabi muvaffaqiyatlar qozonishni ahd qilishdi.

Buning ustiga Milliy Olimpiya qo'mitasi prezidenti, O'zbekiston futbol Associaciyasining birinchi vice-prezidenti Umidjon Ahmadjonov futzalchilarimizga qarata “Sizlar ham chempion bo'linglar, sizlarni ham huddi shunday kutib olamiz, Olimpiyachilarimiz kabi rag'batlantiramiz”, deya taskin berishlari yigitlarimizning  kuchiga-kuch, g'ayratiga-g'ayrat qo'shdi.

Biz ham xalqimizning xursandchilik onlarini davom ettirishni, mutasaddilarimiz ishonchlarini oqlashni, ota-ona, Vatan oldidagi burchlarimizni ado etishni birinchi galdagi vazifamiz deb bilamiz", - deydi Bahodir Ahmedov. 

Reyting: +1   

Fikrlar

+1   
01 fev 15:10:31
Ilhomjon Abdujalilov
13-2 Ғалаба мубораку
   
01 fev 11:01:15
Husniddin Mirzaliyev
Omad!
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing