So’nggi yangiliklar

17:00Сауль Альварес октябрь ойида WBC чемпионлик камари учун жанг қилади 0 15:48"Яна офисдаман". Илия Топурия машғулотларни қайта бошлаганини маълум қилди 0 15:01Осиё ўйинларининг 12-кунини иккита кумуш медаль билан якунладик 0 13:27Буюк Британия спорт вазири "Манчестер Сити" учун энг ёмон оқибатларни истисно этмаяпти 0 12:39Махачев: "Яхши жангчи бўлиш учун сочни калта олдириш керак" 0 11:11Теренс Кроуфорд боксга қайтиш-қайтмаслиги ҳақидаги саволга қатъий жавоб берди 0 10:00Агар Дана Уайт аралашса, Жошуа Фьюри билан жангдан воз кечиши мумкинлигини айтди 0 08:54Бугун Ўзбекистон МТЖ Сурияга қарши майдонга тушади 0 20:00Осиё ўйинларининг ўн биринчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:54Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 18:35Осиё ўйинларининг 11-кунида Ўзбекистон делегацияси 9 та медаль қўлга киритди 0 18:30Осиё ўйинлари. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Японияга пенальтилар сериясига кўра мағлуб бўлиб, финалга чиқолмади 0 17:03Ўзбекистон терма жамоаси самбочилари Грециядаги жаҳон чемпионатида иштирок этишади 0 16:00Манба: Отабек Шукуров фаолиятини Европада давом эттиради 0 19:30Осиё ўйинларининг ўн биринчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0

05 avg 20:01
Yangiliklar

Futbol

Futzal terma jamoamiz Ispaniya va Portugaliyada o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazadi

Teglar :  Futzal
Litvada o'tadigan 2021 yilgi jahon chempionatiga hozirlik ko'rayotgan O'zbekiston terma jamoasi uchun 6-13 avgust kunlari dastlab Toshkent shahrida o'quv-mashg'ulot yig'ini tashkil etiladi.

"SHundan so'ng, ular 14 avgust sanasida Toshkent-Istanbul-Madrid havo reysi orqali Ispaniyada o'tadigan xorijiy yig'inga yo'l oladi. Bahodir Ahmedov murabbiyligi ostidagi terma jamoamiz Madrid va Malaga shaharlarida Ispaniya va Argentinaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi.

Rejaga ko'ra, vakillarimiz mashg'ulotlarni 25-31 avgust kunlari Portugaliyada davom ettiradi va yig'in mobaynida Portugaliya, Kosta-Rika va Angola futzal terma jamoalari bilan o'rtoqlik o'yinlari o'tkazadi.

Futzalchilarimiz Portu shahridagi yig'inni yakunlab, 31 avgust kuni Litva poytaxti Vilnyus shahriga yo'l oladi. SHuningdek, 6 sentyabr sanasida O'zbekiston futzal terma jamoasi jahon chempionati mezboni hisoblangan Litva bilan o'rtoqlik uchrashuvida qatnashadi", – deya xabar berdi O'FA matbuot xizmati.

Xalqaro o'rtoqlik uchrashuvlari

15 avgust

Ispaniya – O'zbekiston

19 avgust

Ispaniya – O'zbekiston

21 avgust

Argentina – O'zbekiston

26 avgust

Kosta-Rika – O'zbekiston

27 avgust

Portugaliya – O'zbekiston

29 avgust

Angola – O'zbekiston

6-sentyabr

Litva – O'zbekiston

Murabbiylar shtabi mazkur o'quv-mashg'ulot yig'inlari uchun 16 nafar futzalchini jalb etgan.

Darvozabonlar: Abbos Elmurodov ("Xuaxin Jizzax"), Ravshan Eliboev ("Paxtakor"), Rustam Umarov (AGMK)        

Himoyachilar: Ixtiyor Ropiev (AGMK), Xushnur Erkinov ("Metallurg"), Mashrab Odilov ("Paxtakor"), Anasxon Raxmatov (AGMK), Ilhom Hamroev (AGMK), Husniddin Nishonov (AGMK), Dilshod Rahmatov ("Xuaxin Jizzax"),  

Hujumchilar: Davron CHoriev (AGMK), Sunnatulla Jo'raev ("Paxtakor"), Elbek To'lqinov ("Maksam CHirchiq"), Akbar Usmonov ("Paxtakor"), Muzaffar Ahadjonov (AGMK), SHahzodjon Sadiev (AGMK)

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing