30 jan 17:00
Yangiliklar
Futzalchilarimiz Xitoy Taypeyida, OCH oldidan so'nggi mashg'ulotlar boshlab yuborildi
Kecha futzalchilarimiz Islom Karimov nomidagi “Toshkent Xalqaro Aeroporti”dan Xitoy Taypeyiga uchib ketishganini malum qilgandik. Bugun Bahodir Ahmedov boshchiligidagi terma jamoamiz azolari Xitoy Taypeyiga etib borib, Fullon Hotel Sanyin mehmonxonasiga joylashishdi. Futzalchilarimiz bugunning o'zida Taypey Universitetiga qarashli sport majmuasida mashg'ulotlarni boshlab yuborishdi.
Futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatining “V” guruhida Janubiy Koreya, Yaponiya, Tojikiston terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
Guruhdagi o'yinlar taqvimi quyidagicha:
1 fevral soat 13:30* O'zbekiston – Janubiy Koreya
3 fevral soat 13:30 Tojikiston – O'zbekiston
5 fevral soat 13:30 O'zbekiston - Yaponiya
*Uchrashuvlar boshlanish vaqti Toshkent vaqti bilan ko'rsatilgan.
Fikrlar