So’nggi yangiliklar

10:23Осиё ўйинлари-2026. Якуний медаллар рейтинги маълум бўлди (ТОП-20) 0 09:58Самбо. Жаҳон чемпионатининг иккинчи кунида 5 та медаль! 0 09:05Ўзбекистон миллий терма жамоаси Жанубий Кореяга етиб борди 0 17:43Осиё ўйинларининг ўн тўртинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:15Энтони Жошуа Фьюридан кейин ким билан жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 16:55Осиё ўйинларининг 14-кунини бешта медаль билан якунладик 0 16:24Ўзбекистондаги футбол мавсумини "куз-баҳор" форматига ўтказиш имкониятлари кўриб чиқилмоқда 0 14:39ESPN талқинига кўра 30 ёшгача бўлган энг яхши ММА жангчилари рейтинги эълон қилинди 0 11:28Самбо. Жаҳон чемпионатини иккита олтин медаль билан бошладик 0 20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0

04 fev 16:50
Yangiliklar

Futbol

Futzalchilarimiz Yaponiya bilan o'yinga tayyorlanmoqdalar

Teglar :  Futzal
Futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Xitoy Taypeyida davom etayotgan Osiyo chempionati “B” guruhi 3-turiga tayyorgarlikni boshladi.

Vakillarimiz guruh bosqichi so'nggi turida Yaponiya terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Bugun, 4 fevral kuni jamoa Taishan Gymnasium sport majmuasida mashg'ulotlar o'tkazdi.

Mashg'ulot boshlanishidan avval jamoa koordinatori va  murabbiylar shtabi futzalchilar bilan suhbat o'tkazdi. Unda terma jamoa jamoa koordinatori Rustam Tolibjonov O'zbekiston futbol associaciyasi rahbariyatining Yaponiyaga qarshi o'yin oldidan futzalchilarga murojaati etkazdi.

“O'zbekiston futbol associaciyasi rahbariyati sizlarni muddatidan avval qo'lga kiritilgan chorak final yo'llanmasi bilan tabrikladi. SHu bilan birgalikda, Yaponiyaga qarshi bo'lajak o'yinda xotirjamlikka berilmay, unga jiddiy yondashish kerakligi aytildi hamda yuqori saviyali o'yin namoyish etishingizni va g'alaba qozonib, chorak finalga guruhdan 1-o'rin bilan chiqishingiz tilab qolindi. Barchangizga malum, oldimizga yuqori maqsadlar qo'yilgan. SHu sababli, har bir uchrashuvda ijobiy natija ko'rsatishimiz zarur bo'ladi. Biz O'zbekiston xalqini g'alabalar bilan xursand qilishimiz kerakligi ham takidlandi”, – deya O'FA rahbariyatining murojaatini yo'lladi Rustam Tolibjonov.

SHundan so'ng futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov futzalchilarga o'z so'zlarini aytib o'tdi. 

“Bizni butun O'zbekiston qo'llab-quvvatlab turibdi, bizga katta ishonch bildirilgan. SHuning uchun, har bir bellashuvda xalqimiz daldasini his qilishingizni so'rayman. Qita birinchiligidagi har bitta o'yinda faqat va faqat g'alaba qozonishimiz lozim”, – dedi Bahodir Ahmedov. 

Mashg'ulot davomida bir qator taktik uslublar ishlab chiqilib, amalga sinab ko'rildi. Umuman olganda, jamoada ijoyib muhit hukmronlik qilmoqda, barchada kayfiyat yaxshi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing