24 iyu 10:39
Yangiliklar
Tennis

"Fyuchers". Juftliklar. Bugun o'zbek tennischilari o'rtasida final bo'lib o'tadi
Farg'onada mukofot jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi qizlar o'rtasidagi turnir o'zining qizg'in pallasiga kirgan.
Bugun turnirda o'zbekistonlik tennischi qizlar uchun muhim o'yinlar bo'lib o'tadi.
Avvaliga yakkalik bahslari yarim finalida Sabina SHaripova ukrainalik Valeriya Straxovaga qarshi kortga chiqsa, biroz o'tib Nigina Abduraimova rossiyalik Elena Ribakinaga qarshi bahs olib boradi.
Yakkalikda yarim finallar yakunlanganidan so'ng juftlik bahslarida Likina/SHaripova juftligi Abduraimova/Frolova tandemiga qarshi finalda bosh sovrin uchun kurash olib boradilar.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar