10 avg 09:15
Yangiliklar
![](/upload/storage/17227_220.jpg)
Galiulindan golli uzatma, SHomurodov zaxiradan maydonga tushdi
"Rostov" ushbu turda o'z maydonida Moskvaning "Dinamo" jamoasini Kalachevning yagona goli evaziga mag'lub etdi. "Rostov" safida o'ynayotgan Eldor SHomurodov o'yinning 87-daqiqasida zaxiradan maydonga tushirildi.
Yana bir hamyurtimiz Vagiz Galiulin harakat qiladigan "Tosno" klubi esa CSKA jamoasiga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. "Tosno"ning yagona goli aynan Galiulinning ajoyib uzatmasidan keyin Zabolotniy tomonidan kiritildi.
Amaldagi chempion "Spartak" esa "Arsenal" Tulani ortiqcha qiyinchiliksiz dog'da qoldirdi - 2:0. Turning etiborga molik uchrashuvi Qozonda bo'ldi.
Qurbon Berdiev boshqaruviga o'tgan "Rubin" turnir jadvalida peshqadamlik qilayotgan "Lokomotiv" bilan durang o'ynadi - 1:1.
Fikrlar