18 iyu 11:13
Yangiliklar
Tennis
Galle (ATP). Dunyoning birinchi raketkasi 1/4 finalda kortga chiqdi
Germaniyaning Galle shahrida o'tkazilayotgan nufuzli ATP turniri o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
Dunyoning birinchi raketkasi Daniil Medvedev chorak finalda reytingning 20-pog'onasidan joy olgan ispaniyalik Roberto Bautista-Agut bilan hisob-kitob qildi. Rossiyalik tennischi ushbu bahsda qiyinchilikka deyarli duch kelmadi - 6/2, 6/4.
Sakson olti daqiqa davom etgan uchrashuvda Daniil 8 ta eys, 3 ta breyk va 4 ta qo'shxato qayd etdi. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida Medvedev ilk bor g'alaba qozondi - 1:3. Endi u Terra Wortmann Open turnirining final chiptasi uchun mezbonlar vakili Oskar Ottega qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar