15 apr 10:55
Yangiliklar
Tennis

Gaske Monte-Karlo “Masters”ida ishtirok etmaydi
Franciyaning Monte-Karlo shahrida o'tkaziladigan “Masters” seriyasiga kiruvchi nufuzli turnirda qatnasha olmaydigan tennischilar safi ortib boryapti.
Rojer Federer, Kei Nisikori, Nik Kiros, Milosh Raonichdan so'ng endi franciyalik Rishar Gaske ham turnirda qatnasha olmasligini malum qildi. Bunga tennischining jarohati sabab bo'lgan.
Avvalroq, hamyurtimiz Denis Istomin ham grunt qoplamada o'tkaziladigan ushbu nufuzli turnirda qatnashmasligini bildirgandi. Mamlakatimizning birinchi raketkasi ayni paytda belidan olgan jarohatini davolayapti.

Havola :
Fikrlar