05 iyu 19:51
Yangiliklar
G'azalkentda eshkak eshuvchilarimizning yig'ini qizg'in o'tmoqda
Yig'inga 30 nafardan ortiq sportchi jalb etilgan bo'lib, asosiy tayyorgarlik yana 19 kundan so'ng start oladigan Olimpiya o'yinlariga qaratilgan.
Eslatib o'tamiz, eshkak eshish sport turlarida Olimpiya o'yinlariga 6 ta yo'llanma qo'lga kiritilgan bo'lib, licenziatlarimiz ushbu bazada 16 iyulga qadar tayyorgarlikni davom ettirishadi. SHuningdek, para-kanoechilarimiz ham mazkur yig'inga jalb qilingan. Paralimpiya licenziatlari rejaga ko'ra 24 avgustgacha yig'in o'tkazishadi. Takidlash joiz, ushbu mashg'ulotlar licenziatlarimiz uchun Olimpiya va Paralimpiya o'yinlariga tayyorgarlik vazifasini o'tab bersa, qolgan vakillarimiz uchun Xanchjou-2022 Osiyo o'yinlari va boshqa yirik musobaqalarga qaratilgan.
Fikrlar