06 iyu 18:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Genri Sexudo Makgregor va Pore jangiga taxmin bildirdi
Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Genri Sexudo yaqinlashib kelayotgan Konor Makgregor va Dastin Pore o'rtasidagi uchinchi jangda qanday natija qayd etilishi haqida o'z taxminini bildirdi.
"Menimcha, jang Konorning foydasiga kechmaydi. Ikkinchi jangdagi scenariy qaytariladi. Sababi, Konor ritmni yo'qotdi. Siz mag'lub bo'lganingizdan so'ng o'zingizga bo'lgan ishonchni qaytarishingiz mumkin. Ammo, raqib sizni mag'lub qilish mumkinligini biladi.
Menimcha, ular uchinchi raundgacha borishadi va shundan so'ng Pore Konorni to'xtatadi. Qanday to'xtatishini bilmayman. Balki qo'l zarbasi bilan, balki oyoq bilan", - dedi Genri Sexudo.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar