10 iyu 11:40
Yangiliklar
Futbol

“Gent” SHomurodovni 5 mln evroga sotib olmoqchi bo'ldi, ammo “Rostov” bunga rozi bo'lmadi
Belgiya klubining Eldor SHomurodov borasida “Rostov”ga yuborgan so'rovining moliyaviy tafsilotlari malum bo'ldi, deya xabar beradi Sport24.
Manbada keltirilishicha, “Gent” o'zbekistonlik forvardning transferi uchun 5 mln evro taklif qilgan. Kelishuv amalga oshsa, “Rostov” 2 mln evroni darhol qo'lga kiritib, keyingi yil 1,5 va 2 yildan so'ng yana 1,5 mln evroga ega chiqardi.
SHomurodov 2017 yilning yozida “Bunyodkor”dan 300 ming evro evaziga rostovliklar safiga kelib qo'shilgan. U joriy mavsum RPLda 25 ta bahs o'tkazib, 11+6 natijaga erishdi. 25 yoshli hujumchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yozigacha mo'ljallangan.
Havola :
Manba : sport24
Fikrlar