So’nggi yangiliklar

18:26Таэквондо. Ёсинбек Одилов - Жаҳон чемпиони! 0 18:17"Бунёдкор" ва "Локомотив"нинг муштлашган футболчилари дисквалификация қилиниб, клублар жаримага тортилди 0 17:52Дана Уайт Ульбергнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 17:26Магомед Анкалаев Прохазкани жангга чорлади 0 17:10Расман: Самвел Бабаян “Андижон”дан кетди 0 17:02"Бу ягона имкон эди". Собиқ чемпион Ульбергнинг ғалабаси ҳақида гапирди 0 16:39Камбоджа терма жамоаси ўзбекистонлик футболчини маҳаллийлаштиради 0 16:16Дана Уайт қандай қилиб Дональд Трамп сабаб кардга жанг қўшилганини айтди 0 15:52Илия Топурия Испаниядаги UFC турнири учун идеал жойни айтди 0 15:24Дана Уайт: "Жонс билан бизнес қилиб бўлмайди, лекин..." 0 15:01"Реал" Лунин билан боғлиқ муаммолардан сўнг янги дарвозабон ҳақида ўйлаб қолди 0 14:38Арсланбек Махмудов — Тайсон Фьюри жангидан сўнг: "Менимча дуранг эди" 0 14:16Жон Жонс: "Фаолиятимни якунлаганимга ишончим комил эмас" 0 13:52Дана Уайт Чимаев — Стрикленд жангидан олдин қандай хавфсизлик чораларини кўришини очиқлади 0 13:29Ямаль "Барселона" раҳбариятига таклиф билан чиқди 0

13 may 16:20
Yangiliklar

SHaxmat

Georgiy Azamov xalqaro xotira turniri bosh sovrini Serbiyaga ketdi FOTOGALEREYA

SHaxmat bo'yicha Georgiy Azamov xotirasiga bag'ishlab o'tkazilgan xalqaro turnir o'z nihoyasiga etdi.

Poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida o'zbekistonlik birinchi grossmeyster Georgiy Azamov xotirasiga bag'ishlangan “Tashkent open-2022” XV Xalqaro turniri bo'lib o'tdi.

Mukofot jamg'armasi 25 000 AQSH dollariga ega bo'lgan nufuzli turnirda ishtirokchilar “A” va “B” guruhlariga bo'lingan holda mahoratlarini sinovdan o'tkazishdi.

Serbiyalik grossmeyster Aleksandr Injich xalqaro turnirda 1-o'rinni egalladi. Keyingi o'rinlar Javohir Sindarov (O'zbekiston) va Evgeniy Romanov (Norvegiya)ga nasib etdi.

20 yoshgacha bo'lgan o'smirlar o'rtasida SHamsiddin Vohidov, Muhriddin Madaminov va Abdumalik Abdusalimovlarga teng keladigani topilmadi.

Faxriylar o'rtasida kechgan bellashuvlarda Vyacheslav Azamov va Obidjon Yusupov g'alaba nashidasini surdi.

Ayollar o'rtasida hamyurtimiz, jahon chempioni Umida Omonova 1-o'rinni egallagan bo'lsa, qozog'istonlik Aliya Nurmanova va Bibisara Assaybaeva 2- va 3-o'rinlarga egalik qildi. 20 yoshgacha bo'lgan qizlar o'rtasidagi bahslarda yana bir vakilamiz Sitora Saparova g'alaba qozondi.

Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing