30 iyu 08:35
Yangiliklar
Futbol

Germaniya - CHili. Final Sankt-Peterburgda o'tkaziladi
Konfederaciyalar kubogi-2017 musobaqasining hal qiluvchi final uchrashuviga Sankt-Peterburg mezbonlik qiladi.
Musobaqaning final uchrashuvida Germaniya va CHili terma jamoalari bosh sovrin uchun maydonga chiqishadi. Bellashuv yakshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:00 da boshlanadi.
CHili terma jamoasi yarim finalda penaltilar seriyasida portugaliyaliklardan ustun kelgan bo'lsa, Germaniya termasi Meksikani yirik hisobda taslim etdi.
Malumot uchun, ushbu musobaqa tarixida ilk marta finalda Germaniya va CHili terma jamoalari o'zaro kurash olib borishadi.
Havola :
Fikrlar