27 sen 18:49
Yangiliklar
Futbol

Germaniya Evro-2024ga mezbonlik qiladi
Evropa chempionati-2024 Germaniyada o'tkaziladi.
Bunday qaror UEFA Ijroqo'm azolarining Non shahrida bo'lib o'tgan yig'ilishida qabul qilindi. Ovoz berish natijalariga ko'ra nemislar "zayavkasi" turklarni ortda qoldirdi.
Ko'xna qita chempionatining o'yinlari quyidagi shaharlarda o'tkaziladi: Gamburg, Berlin, Leypcig, Gelzenkirxen, Dortmund, Dyusseldorf, Kyoln, Frankfurt, SHtutgart, Myunxen.
2014 yilning iyun-iyul oyida bo'lib o'tadigan musobaqada 24ta jamoa ishtirok etadi.
Bungacha Germaniya 2 bor Jahon chempionatini va bir marotaba Evropa chempionatini o'zida qabul qilgan. 1988 yil Germaniyada o'tgan Evropa chempionatida Marko van Basteni bor Gollandiya terma jamoasi chempion bo'lgan.
Havola:
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar