29 mar 16:26
Yangiliklar
Futbol

Germaniya JCH saralashida deyarli 20 yildan beri yutqazmaydi
Germaniya terma jamoasi kecha JCH-2022 saralash guruh bosqichining ikkinchi turida Ruminiya (1:0)ni mag'lub etdi.
Nemis jamoasi JCH saralash doirasidagi 35ta o'yindan beri yutqazmaydi, jamoa so'nggi bor 2001 yil sentyabrda Angliya (1:5)dan mag'lubiyatga uchragan edi.
Eslatib o'tamiz, Germaniya 31 mart kuni SHimoliy Makedoniyaga qarshi o'yin o'tkazadi.
Havola :
Manba : twitter.com/GracenoteLive
Fikrlar