05 sen 09:35
Yangiliklar
Futbol
“Gerta” - “Verder” o'yinini Bundesliga tarixida ilk bor ayol referi boshqaradi
FIFA referisi Bibiana SHtaynxaus Germaniya bundesligasi tarixida uchrashuv bosh hakami sifatida o'yinni boshqargan ilk ayol hakamga aylanadi.
Asli kasbi policiya xodimasi bo'lgan 38 yoshli Bibiana 3-turdan o'rin olgan “Gerta” - “Verder” uchrashuviga bosh hakam etib tayinlandi.
Bu o'ziga xos tarixiy o'yin 10 sentyabr kuni Berlin shahridagi “Olimpiyashtadion”da bo'lib o'tadi. SHtaynxaus bungacha Germaniya kubogi doirasidagi o'yinda ham hakamlik qilgan edi.
Havola :
Fikrlar