So’nggi yangiliklar

19:02"ФИФА ўзини кулгига қолдирмоқда" - Лотар Маттеус 0 18:39Бадиий гимнастикачиларимизнинг кейинги манзили Италия бўлади 0 18:18Муҳим янгилик: Таэквондо бўйича Жаҳон рейтинги тўлиқ янгиланди 0 17:45Осиё чемпионати. Боксчиларимизда битта ғалаба ва битта мағлубият 0 17:11Эрон футбол федерацияси скриншот орқали АҚШ устидан кулди 0 16:30ММА бўйича дунёдаги энг кучли мамлакатлар рейтинги эълон қилинди. Ким биринчи? 0 15:58Австралиялик "нокаутчи" Теремоана Жуниорнинг кейинги жанги аниқ бўлди 0 15:25ИНТЕРВЬЮ. Жонлантириш бўлимида бир ўлиб тирилган замонамиз Шум боласи Элбек Ибрагимов 0 14:57"Нима учун Трампдан ФИФАдан натижани бекор қилишни сўрамайсизлар?" 0 14:11Энтони Жошуа ҳар қандай рақибни йўқ қилмоқчи 0 13:40АҚШ Ўзбекистондаги шахмат Олимпиадасига қандай таркиб билан келиши аниқ бўлди 0 13:14WBO Дмитрий Бивол учун мажбурий даъвогарни белгилади 0 12:46Португалиянинг ЖЧ-2026 дан чиқиб кетганида Роналдуни айблашди 0 12:23"Конор Макгрегорнинг энг кучли талқинига қарши жангга тайёргарлик кўряпман" - Холлоуэй 0 11:59Расман! Мурат Гассиевнинг рақиби эълон қилинди 0

14 okt 13:52
Yangiliklar

Futbol

Gibraltar o'z tarixida ilk marotaba g'alaba qozondi

Evropada bo'lib o'tayotgan Millatlar ligasining navbatdagi turida katta sensaciya ro'y berdi.

O'z maydonida Evropaning eng kuchsiz jamoalaridan biri Gibraltarni qabul qilgan Armaniston kutilmaganda 0:1 hisobida yutqazib qo'ydi. SHuni aytish lozim, Gibraltar terma jamoasi 2016 yildan buyon FIFA bayrog'i ostida musobaqalarda ishtirok etib kelmoqda. Armaniston bilan o'yinga qadar Gibraltarning statiskasi quyidagicha edi: 22 o'yin, 22 mag'lubiyat. Bu jamoa 5ta gol urib, o'z darvozasidan 107ta to'p o'tkazib yuborgandi.

SHunday qilib Gibraltar tarixda birinchi bor rasmiy o'yinda g'alaba qozondi va bu g'alaba safarda Armanistonga qarshi bahsda qo'lga kiritildi. O'yindan oldin qiziq hodisa ro'y berdi. Stadion xodimlari adashib Gibraltar madhiyasi o'rniga Lixtenshteyn madhiyasini qo'yib yuborishdi. Keyin mezbonlar bunday qo'pol xato uchun uzr so'rashdi.

Uchrashuvdagi yagona gol 50-daqiqada Gibraltar futbolchisi Jozef CHipolina tomonidan kiritildi. Malumot uchun, ushbu futbolchi professional maqomdagi sportchi emas, u ofis menejer bo'lib ishlaydi. Bu CHipolinaning termadagi ilk goli bo'ldi. Gibraltar bungacha ikkita o'rtoqlik uchrashuvida g'alabaga erishgan. Birinchisi 2014 yil Malta ustidan 1:0 va ikkinchisi shu yilning martida Latviya ustidan 1:0.

O'yinda armanlar raqib darvozasi tomon 36ta zarba berishdi, gibraltarliklar posboni Kayl Goldvin esa 14 marta seyv amalga oshirdi. Darvoqe, Gibraltarda aholi soni atigi 34 ming. UEFAga azo davlatlar orasida faqat San-Marino Gibraltarga nisbatan kam aholiga ega.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing