29 apr 10:20
Yangiliklar
Gimnastikachi qizlarimiz Jahon kubogi bosqichini ettita medal bilan yakunlashdi
Unda O'zbekiston terma jamoasi 2 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronza, jami 7 ta medalni qo'lga kiritdi.
Bugun kunning ikkinchi yarmida Taxmina Ikromova bulavadagi mashqda kumush, Natalya Usova esa bronza medaliga ega chiqdi. SHuningdek, guruh mashqida 3 ta tasma va 2 ta to'pdagi chiqishda qizlarimiz SHahzoda Ibragimova, Mumtozabonu Ishoqzoda, Evelina Atalyanc, Amaliya Mamedova, Iroda Sodiqova kumush medalni jamoamiz hisobiga qo'shib qo'yishdi.
Barcha yo'nalishdagi g'olib va sovrindorlar:
Oltin medal:
Taxmina Ikromova (xalqa)
Taxmina Ikromova (to'p)
Kumush medal:
Taxmina Ikromova (ko'pkurash)
Taxmina Ikromova (bulava)
Taxmina Ikromova (tasma)
Guruh mashqi (3 tasma va 2 to'p)
Bronza medal:
Natalya Usova (bulava)
Fikrlar