So’nggi yangiliklar

12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0 14:18Шакур Стивенсон Zuffa Boxing’дан кетганини эълон қилди 0 13:19Шожҳаҳон Эргашевни Озарбайжон ва Қирғизистондан жангга чорлашди 0 12:28Ламин Ямаль жорий мавсум Топ-5 лигаларда биринчи бўлиб ушбу натижага эришди 0

22 dek 15:32
Yangiliklar

SHaxmat

Global Chess League. 1 000 000 AQSH dollari uchun kechayotgan turnirda Sindarovning natijasi qanday bo'lyapti?

Hindistonning Mumbay shahrida o'tkazilayotgan shaxmat bo'yicha nufuzli Tech Mahendra Global Chess League 2025 turniri o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.

Uchinchi mavsum Global Chess League musobaqasida dunyoning eng kuchli grossmeysterlari ishtirok etyapti. Turnirning umumiy mukofot jamg'armasi roppa-rosa 1 million AQSH dollarini tashkil qiladi. Har bir jamoada 6 nafar shaxmatchi (kamida 2 ayol; kamida 1 yosh (U-21) o'yinchi bo'lishi shart) dona surmoqda. 

Jamoalar bir-biri bilan aylanma tizimda ikki martadan o'ynashi haqida xabar bergan edik. Umumiy turlarlardan so'ng eng ko'p ochko to'plagan ikki jamoa finalda chempionlik uchun kurashadi. Sindarov shaxmat afsonasi Vishvanatan Anand, shuningdek, Vinsent Keymer, Stavrula Colakidu, Polina SHuvalova va Raunak Sadhvani bilan birgalikda Ganges Grandmasters jamoasi sharafini himoya qilyapti. 

Javohir Sindarov 9 ta turdan so'ng jamoasi safida 6 g'alaba, 1 durang va 2 mag'lubiyat qayd etgan. Bu uning jamoasidagi eng yaxshi natija. Lekin Ganges Grandmasters jamoasining 1-taxtadagi afsonasi Vishvanatan Anand haqida bunday deya olmaymiz. Sobiq jahon chempioni 9 raunddan 4 ta mag'lubiyat, 1 g'alaba va 4 durang natijaga ega. 

Bugungi raqib — Fabiano Karuana boshchiligidagi Fyers American Gambits jamoasi bo'ladi. Hal qiluvchi bahs bizning vaqt bilan soat 16:30da boshlanadi. Ganges Grandmasters jamoasi bugungi tur oldidan 4-o'rinni egallab turibdi. So'nggi turdan keyin 1 va 2-o'rin sohiblari chempionlik, 3 va 4-o'rin egalari bronza medallari uchun o'zaro dona suradi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing