03 iyu 13:42
Yangiliklar
"Global Chess League". Abdusattorov va Sindarov musobaqada qanday natija qayd etdi?
Klublar sifatida o'tkazilgan mazkur bahslarda hamyurtlarimiz Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov ham ishtirok etganligi haqida xabar qilgandik.
Nodirbek turnirda "Balan Alaskan Knights", Javohir esa "UpGrad Mumba Masters" jamoalari safida dona surdi.
Nodirbek Abdusattorovning "Balan Alaskan Knights" jamoasi 10 ta tur yakuniga ko'ra 10 ochko jamg'ardi va turnirni 4-o'rinda yakunladi. Javohir Sindarovning "UpGrad Mumba Masters" jamoasi esa finalga qadar etib keldi va hal qiluvchi final o'yinida Levon Aronyan boshchiligidagi "Triveni Continental Kings" jamoasiga imkoniyatni boy berdi.
SHaxmatchilarimizning individual natijalarini oladigan bo'lsa, Nodirbek Abdusattorov 10 imkoniyatdan 7 ochko jamg'ardi. Javohir Sindarov esa 15 imkoniyatdan 8,5 ochko to'pladi. Javohirning jamoasi finalga yo'l olgani uchun u 10 tadan tashqari yana 5 ta partiyada o'yin o'tkazdi.
Fikrlar