25 iyu 15:02
Yangiliklar
"Global Chess League". Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov musobaqada qanday ishtirok etmoqda?
Mazkur turnirda hamyurtlarimiz Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov ishtirok etayotganligi haqida xabar qilgandik.
Nodirbek turnirda "Balan Alaskan Knights", Javohir esa "UpGrad Mumba Masters" jamoalari safida dona surmoqda.
"Balan Alaskan Knights" jamoasi safida Nodirbek Abdusattorov 4 ta turdan so'ng 2 ta g'alaba va 2 ta durang qayd etdi. Ushbu jamoa ayni paytda 3-o'rinni egallab turibdi. Javohir esa "UpGrad Mumba Masters" 3 ta turdan so'ng 2 ta durang va 1 ta mag'lubiyat qayd etdi. Ushbu jamoa turnir jadvalida oxirgi o'ringa joylashgan.
Bugun ham musobaqa doirasida o'yinlar o'tkaziladi.
Nodirbek Abdusattorov unda ozarbayjonlik SHaxriyar Mamediyarovga qarshi o'ynaydi. Javohir Sindarov esa avvaliga rossiyalik Andrey Espenko bilan, keyin esa hindistonlik Pragnananda bilan hisob-kitob qiladi.
25 iyun kuni o'yinlar oldidan turnir jadvali bilan tanishing:
Fikrlar