23 iyu 15:59
Yangiliklar
"Global Chess League". Sindarov durang bilan boshladi, bugun Abdusattorov ham bahslarga kirishadi
Kecha musobaqa doirasida dastlabki kun bellashuvlari o'tkazildi. Unda hamyurtimiz Javohir Sindarov o'ynayotgan "UpGrad Mumba Masters" jamoasi "Triveni Continental Kings" jamoasiga qarshi o'yin o'tkazdi va 3:3 hisobida durang qayd etildi. Javohir Sindarov tur doirasida daniyalik Yonas Bal Berrega qarshi o'ynadi va durangga erishdi.
Nodirbek Abdusattorov o'ynayotgan "Balan Alaskan Knights" esa musobaqani bugun "SG Alpine Warriors"ga qarshi boshlaydi. Nodirbek mazkur qarama-qarshilikda 2-stolda hindistonlik Gukeshga qarshi o'ynaydi.
Bugun shuningdek 2-turda har ikki hamyurtimizning jamoalari o'zaro to'qnash keladi. Unda Abdusattorovga rossiyalik Aleksandr Grishuk raqib bo'ladi. Sindarov esa hindistonlik Raunak Sadvani bilan o'zaro hisob-kitob qiladi.
Fikrlar