28 mar 15:35
Yangiliklar
Boks/MMA

Golden Boy rahbari 250 ming dollar xayriya qildi
Dunyoga mashhur boks promouteri Golden Boy rahbari Oskar De La Xoyya koronavirusga qarshi kurashishga o'z hissasini qo'shdi.
Sobiq jahon chempioni 250 ming dollarni Los-Anjelesdagi shifoxonalardan biriga o'tkazib bergan.
Eslatib o'tamiz, hozirgi vaqtga kelib AQSH virus markaziga aylandi. Qo'shma shtatlarda kuniga 16 ming inson kasalikka chalinmoqda va hozirda koronavirus yuqtirib olganlar soni 100 mingdan oshgan.
Qayd etish lozimki, o'zbekistonlik bokschi Bektemir Meliqo'ziev Golden Boy promouterlik kompaniyasi bokschisi hisoblanadi.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar