10 avg 11:24
Yangiliklar
Futbol

"Goya"ning 10 futbolchisida koronavirus aniqlandi, "San-Paulu"ga qarshi o'yin startga bir necha daqiqa qolganda bekor qilindi + FOTO
Braziliya chempionatining 1-turidan o'rin olgan "Goyas" - "San-Paulu" uchrashuvi boshlanishiga bir necha daqiqa qolgan bir paytda bekor qilindi.
B/R Football xabariga ko'ra, "Goyas"ning bir yo'la 10 nafar futbolchisida koronavirus aniqlangan.
"Goyas" - "San-Paulu" o'yinidan tashqari A Seriyaning yana uchta uchrashuvi ham o'tkazilmaydigan bo'ldi: "Botafogo" - "Bayya", "Korintians" - "Atletiko Goiyaniens", "Palmeyras" - "Vasko Da Gama". Bu o'yinlar ham aynan koronavirus sabab bekor qilindi.
Havola :
Fikrlar