So’nggi yangiliklar

16:06Жаҳон чемпиони Асланбек Шимбергенов боксдаги фаолиятини якунлади 0 15:26Ўзбекистон - Туркия ва бошқалар. Бутунжаҳон шахмат Олимпиадасининг 4-кунидан ОНЛАЙН НАТИЖАЛАР 0 15:15УЕФА ва КОНКАКАФ ФИФАдан ҳар бир федерацияга 10 млн доллардан тўлашни талаб қилди — L’Équipe 0 14:38Японияда ООК Ижроия қўмитасининг йиғилиши бўлиб ўтди 0 13:30Маҳмуд Мурадов олти нафар рақибга қарши жанг қилиб, қанча пул ишлаб олиши аниқ бўлди 0 12:16Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси. 3-турдан сўнг турнир жадвали қандай кўринишда? 0 11:30Бундеслиганинг барча даврлар рекорди янгиланди 0 10:15Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: йигитлар Туркия билан, қизлар эса Аргентинага қарши дона суришади 0 09:57Шаҳзодбек Ярашев Чеченистонда ўтказилган эркин кураш турнирида совриндор бўлди 0 08:45Баҳодир Жалолов 17 октябрь куни жанг қилади 0 07:52Хаби Алонсо АПЛнинг антирекордини такрорлади 0 22:25Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Иккита терма жамоамиз мағлубиятларни қабул қилиб олди 0 18:30Александр Волкановски Рамазон Темировнинг вазнидаги чемпион ҳақида фикр билдирди 0 17:12"Райан Гарсия фақат фаолиятини тугатган жангчилар билан жанг қилмоқчи" - Теренс Кроуфорд 0 16:00"Тоттенхэм" Икардини эркин агент сифатида ўз сафига қўшиб олиши мумкин 0

09 noy 22:26
Yangiliklar

Dzyudo

Gran-Prining ilk kuni uchta medalga ega chiqdik, taqdirlash marosimida G'ofur Rahimov ishtirok etdi

Xabar berganimizdek, bugun poytaxtimizda dzyudo bo'yicha nufuzli Gran-Pri musobaqasi start oldi.

Bugun o'tkazilgan bahslarda uch nafar hamyurtimiz sovrindorlar qatoridan o'rin oldi. -60 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Diyorbek O'rozboev turnir davomida Eron, Germaniya va Mo'g'uliston vakillarini mag'lubiyatga uchratib, finalga yo'l oldi. Hal qiluvchi jangda u boshqa bir mo'g'ulistonlik sportchi Boldbaatar Ganbatga qarshi bahs olib bordi va imkoniyatni boy berib qo'ydi. 

SHu tariqa, hamyurtimiz Toshkent Gran-Prisining kumush medali bilan kifoyalandi. Qayd etish lozimki, ushbu nufuzli musobaqaga ayni paytda Toshkentda bo'lib turgan Xalqaro havaskor boks associaciyasi (AIBA) prezidenti G'ofur Rahimov ham tashrif buyurdi va sovrindorlarni taqdirlash marosimida ishtirok etdi.

SHuningdek, -66 kg vazn toifasida bahslarda qatnashgan Sardor Nurillaev finalga qadar Qirg'iziston, Rossiya, Mo'g'uliston, Ozarbayjon vakillaridan ustun keldi va hal qiluvchi bahsga etib bordi. Oltin medal uchun kechgan jangda hamyurtimiz sloveniyalik Adrian Kombokka qarshi tatamiga chiqib, mag'lubiyatga uchradi va kumush medalga sazovor bo'ldi.

Ushbu vaznda janglarda ishtirok etgan boshqa bir hamyurtimiz SHahram Ahadov Isroil, Serbiya vakillarini mag'lubiyatga uchratdi. CHorak finalda esa ozarbayjonlik raqibga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Bronza medali uchun janglarda u Mo'g'uliston va Rossiya terma jamoasi vakillaridan ustun kelib, Toshkent Gran-Prisi sovrindoriga aylandi.

SHu tariqa, o'zbekistonlik dzyudochilar musobaqaning birinchi kunida 2 ta kumush va 1 ta bronza medallarini qo'lga kiritishdi.

Ertaga Toshkent Gran-Prisida erkaklar o'rtasida -73 kg, -81 kg, ayollar o'rtasida esa -63 kg va -70 kg vazn toifalarida bahslar o'tkaziladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing