06 mar 11:15
Yangiliklar
Grand Chess Tour: Abdusattorov va Sindarovga “wild card” berildi
Wild card — bu turnir tashkilotchilari tomonidan maxsus taklif asosida beriladigan yo'llanma bo'lib, u orqali shaxmatchi saralash bahslarisiz musobaqada qatnashish imkoniga ega chiqadi.
Grand Chess Tour doirasidagi wild card egalari:
Super Rapid & Blitz Polsha (3-10 may)
GM Javohir Sindarov (O'zbekiston)
GM Yan-Krishtof Duda (Polsha)
GM Hans Mok Niemann (AQSH)
GM Vladimir Fedoseev (Rossiya)
GM Radoslav Voytashek (Polsha)
Super Chess Classic Ruminiya (12-24 may)
GM Bogdan-Daniel Dik (Ruminiya)
Super Rapid & Blitz Xorvatiya (29 iyun — 6 iyul)
GM Nodirbek Abdusattorov (O'zbekiston)
GM Ivan SHarich (Xorvatiya)
GM Bogdan-Daniel Dik (Ruminiya)
SHu tariqa, Grand Chess Tour musobaqalarida ikki o'zbekistonlik grossmeyster — Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov ham wild card, yani imtiyozli yo'llanma asosida ishtirok etadi.

Fikrlar