10 avg 14:40
Yangiliklar
SHaxmat
Grand Chess Tour: Javohir Sindarov ishtirokidagi Sinquefield Cup 2026 start olmoqda!
AQSHning Sent-Luis shahrida shaxmat bo'yicha nufuzli Grand Chess Tour seriyasining hal qiluvchi bosqichi - Sinquefield Cup 2026 turniri bo'lib o'tadi.
Musobaqa bahslari har kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:00da start oladi. Turnirning umumiy mukofot jamg'armasi 350 000 AQSH dollarini tashkil etadi.
Bellashuvlar klassik shaxmat yo'nalishida 9 turdan iborat aylanma tizimida o'tkaziladi.
To'liq ishtirokchilar tarkibi:
Javohir Sindarov
Fabiano Karuana (AQSH)
Pragnanandhaa Rameshbabu (Hindiston)
Uesli So (AQSH)
Levon Aronyan (AQSH)
Anish Giri (Niderlandiya)
Vinsent Keymer (Germaniya)
Maksim Vashe-Lagrav (Franciya)
Yorden van Forest (Niderlandiya)
Sem Sevyan (AQSH).
Havola :
Manba : uzchess
Fikrlar