11 avg 15:37
Yangiliklar
Grand Chess Tour: Sindarov 475 000 dollarlik turnirdagi yurishini boshladi
Dunyoning ko'zga ko'ringan grossmeysterlari ishtirok etayotgan turnir klassik shaxmat yo'nalishida 9 turdan iborat aylanma tizimida o'tkaziladi. Birinchi turda Javohir Sindarov amerikalik Levon Aronyanga qarshi oq donalarda o'ynadi. Hamyurtimiz 30-yurishdan keyin katta ustunlikka ega bo'lsa-da, yakunda uchrashuvda durang natija qayd etildi.
Birinchi turda birgina Fabiano Karuana g'alabaga erishdi. Amerikalik shaxmatchi niderlandiyalik Yorden van Forestni mag'lubiyatga uchratdi. Qolgan partiyalarda tomonlar murosaga kelishdi.
Bugun 2-turda Javohir Sindarov hindistonlik Rameshbabu Praggnanandhaga qarshi qora donalarda o'ynaydi. Uchrashuvlar bizning vaqt bilan soat 22:00da boshlanadi. Yakka peshqadam bo'lib turgan Karuana niderlandiyalik Anish Giri bilan qora donalarda hisob-kitob qiladi.
Ishtirokchilarning to'liq tarkibi: Javohir Sindarov (O'zbekiston), Fabiano Karuana (AQSH), Rameshbabu Pragnanandhaa (Hindiston), Uesli So (AQSH), Levon Aronyan (AQSH), Anish Giri (Niderlandiya), Vinsent Keymer (Germaniya), Maksim Vashe-Lagrav (Franciya), Yorden van Forest (Niderlandiya), Sem Sevyan (AQSH).

Fikrlar