So’nggi yangiliklar

12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0 14:18Шакур Стивенсон Zuffa Boxing’дан кетганини эълон қилди 0 13:19Шожҳаҳон Эргашевни Озарбайжон ва Қирғизистондан жангга чорлашди 0 12:28Ламин Ямаль жорий мавсум Топ-5 лигаларда биринчи бўлиб ушбу натижага эришди 0

17 avg 08:23
Yangiliklar

SHaxmat

Grand Chess Tour: Sindarov 6-turda peshqadamlardan biri Karuana bilan o'ynadi

AQSHning Sent-Luis shahrida shaxmat bo'yicha nufuzli Grand Chess Tour seriyasining hal qiluvchi bosqichi - Sinquefield Cup 2026 turnirida 6-tur ortda qoldi.

Dunyoning ko'zga ko'ringan grossmeysterlari ishtirok etayotgan turnir klassik shaxmat yo'nalishida 9 turdan iborat aylanma tizimida o'tkazilyapti. Javohir Sindarov hali g'alaba qozongani yo'q. U shu kungacha o'tkazilgan oltita uchrashuvning beshtasida raqiblari bilan durang o'ynab, bitta partiyada mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. 

Javohir kecha oltinchi turda peshqadamlardan biri amerikalik Fabiano Karuanaga qarshi oq donalarda o'ynab, durangga imzo chekdi. Bu turdagi yagona g'alabani Anish Giri qayd etdi. Niderlandiyalik grossmeyster vatandoshi Yorden van Forestdan ustun keldi. Qolgan partiyalarda durang natija qayd etildi. 

Ettinchi tur oldidan turnir jadvalida amerikalik Uesli So 4 ochko bilan yakka peshqadam bo'lib turibdi. Fabiano Karuana, Vinsent Keymer, Rameshbabu Praggnanandha va Maksim Vashe-Lagrav 3,5 ochko bilan Top-5`dan joy olgan. Levon Aronyan, Sem Sevyan hisobida 3 ochkodan bor. Javohir Sindarov 2,5 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 8-pog'onani band etgan. Anish Giri hisobida ham 2,5 ochko bor. Bir ochkoga ega Yorden van Forest so'nggi 10-o'rinda bormoqda.   

Bugun 7-turda Javohir Sindarov qora donalarda germaniyalik Vinsent Keymerga qarshi bahs olib boradi. Bugungi uchrashuvlar ham bizning vaqt bilan soat 22:00da boshlanadi. 

To'liq ishtirokchilar tarkibi: Javohir Sindarov (O'zbekiston), Fabiano Karuana (AQSH), Pragnanandhaa Rameshbabu (Hindiston), Uesli So (AQSH), Levon Aronyan (AQSH), Anish Giri (Niderlandiya), Vinsent Keymer (Germaniya), Maksim Vashe-Lagrav (Franciya), Yorden van Forest (Niderlandiya), Sem Sevyan (AQSH).

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing