15 may 09:50
Yangiliklar
Grand Chess Tour: Super Chess Classic Romania 2026. 1-turning barcha partiyalarida bir xil natija qayd etildi
Musobaqada yuqori reytingga ega o'n nafar grossmeyster bosh sovrin hamda katta mukofot pullari uchun bahsga kirishdi. Ular orasida "Nomzodlar turniri" g'olibi Javohir Sindarov ham bor. Hamyurtimiz 1-turni qora donalarda ruminiyalik Bogdan-Daniel Dikka qarshi o'tkazib, yakunda durangga imzo chekdi.

Etiborlisi, qolgan barcha partiyalarda ham tomonlar murosaga kelishgan. Bugun 2-turda Javohir Sindarov oq donalarda hindistonlik Rameshbabu Praggnanandhaga qarshi bahs olib boradi. Bugungi uchrashuvlar ham bizning vaqt bilan soat 18:00da boshlanadi. CHempion 100 000 dollarni qo'lga kiritadi.

Grand Chess Tour: Super Chess Classic Romania 2026. 2-tur juftliklari
Fabiano Karuana (AQSH) — Anish Giri (Niderlandiya)
Javohir Sindarov (O'zbekiston) — Rameshbabu Praggnanandha (Hindiston)
Vinsent Keymer (Germaniya) — Bogdan-Daniel Dik (Ruminiya)
Yorden van Forest (Niderlandiya) — Uesli So (AQSH)
Alireza Firuzdja (Franciya) — Maksim Vashe-Lagrav (Franciya)

Fikrlar