So’nggi yangiliklar

12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0 14:18Шакур Стивенсон Zuffa Boxing’дан кетганини эълон қилди 0 13:19Шожҳаҳон Эргашевни Озарбайжон ва Қирғизистондан жангга чорлашди 0 12:28Ламин Ямаль жорий мавсум Топ-5 лигаларда биринчи бўлиб ушбу натижага эришди 0

16 may 11:48
Yangiliklar

SHaxmat

Grand Chess Tour: Super Chess Classic Romania 2026. Cindarov 2-turda azaliy hind raqibi bilan o'ynadi

Ruminiya poytaxti Buxarest shahri mezbonlik qilayotgan shaxmat bo'yicha mukofot jamg'armasi 475 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi nufuzli turnirda 2-tur ortda qoldi.

Musobaqada yuqori reytingga ega o'n nafar grossmeyster bosh sovrin hamda katta miqdordagi mukofot pullari uchun bahs olib borishyapti. Ular orasida "Nomzodlar turniri" g'olibi Javohir Sindarov ham bor. Hamyurtimiz 1-turda qora donalarda ruminiyalik Bogdan-Daniel Dikka qarshi o'tkazib, yakunda durangga imzo chekkandi. 

Afsuski, kecha oqshom o'tkazilgan 2-turda Javohir oq donalarda o'ynaganiga qaramay, hindistonlik azaliy raqibi Rameshbabu Praggnanandhaga imkoniyatni boy berib qo'ydi. So'nggi ikkita turnirda Sindarovning o'yinida pasayish kuzatildi. Kechagi mag'lubiyatdan keyin hamyurtimiz 0,5 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra oxirgi o'ringa tushib ketdi. 

Ikkinchi turda franciyalik Maksim Vashe-Lagrav qora donalarda o'ynab, vatandoshi Alireza Firuzdjani taslim etdi va 1,5 ochko bilan qo'shimcha koeficentlar hisobiga peshqadamlikni qo'lga oldi. Rameshbabu va germaniyalik Vinsent Keymer hisobida ham 1,5 ochkodan bor va ular kuchli uchlikni yakunlab turishibdi. Kecha Keymer mezbonlar vakili Bogdan-Daniel Dikdan ustun kelgan.  

Etiborlisi, bugun 3-turda Javohir Sindarov karvonboshi Maksim Vashe-Lagravga qarshi qora donalarda o'ynaydi va agar g'alaba qozonsa, vaziyatini ancha o'nglab oladi. Bugungi uchrashuvlar ham bizning vaqt bilan soat 18:00da boshlanadi. CHempion 100 000 dollarni qo'lga kiritadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing